Germaniya terma jamoasi futbolchisiga 6 grand klub da’vogar
"RB Leyptsig" yarim himoyachisi Assan Uedragaoning xizmatlariga grand klublar ko‘z tikkan.
Xabarlarga ko‘ra, 19 yoshli futbolchi joriy mavsumda juda ajoyib o‘yinlar namoyish etmoqda. Germaniya terma jamoasidan ham chaqiruv oldi. "Bild" nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, futbolchining xizmatlariga "Liverpul", "Arsenal", "Barselona" va "Bavariya" klublari qiziqish bildirmoqda. Bundan tashqari, "Manchester Yunayted" va "Chelsi" jamoalari ham uni jamoada ko‘rishdan manfaatdor. "Buqalar" futbolchi 100 million evro talab qilyapti.
Ma’lumot uchun, futbolchi joriy mavsum Bundesligada 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va shuncha golli uzatmani amalga oshirdi.



Fikrlar