Germaniya, Turkiya va Serbiya qatoriga Xorvatiya ham qo‘shildi

CHERY AUTO

Xorvatiya futbol federatsiyasi (HNS) may oyi oxirida mamlakat rahbariyati ruxsatidan so‘ng, futbol mavsumni davom ettirishni rejalashtirmoqda.

Tecno

"So‘nggi so‘zni albatta hukumat vakillari aytadi, agar barchasi ko‘ngildagidek bo‘lsa, unda mavsum 30 may kuni Kubok yarim finali bahslaridan davom ettiriladi", - deyilgan federatsiyasi bayonotida.

Shu tariqa, agar Kubok o‘yinlariga may oyi oxiridan start berilsa, milliy chempionat 6 iyundan davom ettiriladi. Koronavirus pandemiyasi ortidan mavsum to‘xtatilgunicha turnir jadvalida Zagrebning "Dinamo"si etakchilik qilib kelayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!