Genri Sexudo: “Pyotr Yan faqatgina bir yo‘l bilan Merab Dvalishvilini engishi mumkin”

  • 19 oktabr, 04:55
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Taniqli UFC jangchisi Genri Sexudo rossiyalik Pyotr Yan va gruziyalik Merab Dvalishvili to‘qnashuvi haqida gapirdi. 

Tecno

“Hozir Merab butunlay yangi darajada. Bo‘lajak bahsda Pyotr birgina yo‘l bilan uni taslim etishi mumkin, u ham bo‘lsa - nokaut. Ehtimol, u Dvalishvilining tanasiga hujum qilib, uni charchatishga urinar, ammo eng yaxshi variant — birinchi daqiqalardan hujumga o‘tish. Yan kurashda Merabga qarshi tura olmaydi”, — dedi Sexudo "Pound 4 Pound" podkastida.

Eslatib o‘tamiz, mazkur qarama-qarshilik 8 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan "UFC 323" turnirida o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!