Gennadiy Golovkin-"Kanelo" o‘rtasidagi 3-jang borasida O‘zbekiston boks olami vakillari qanday fikrda?

  • 14 sentabr, 2022, 16:22
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 2
  • Boks
CHERY AUTO

Butunjahon professional boks olamidagi eng shov-shuvli janglardan biri qozog‘istonlik Gennadiy Golovkin hamda Meksika vakili Saul "Kanelo" Alvares o‘rtasidagi trilogiyaga ham bir necha kun qoldi. 17 sentyabr kuni AQShning Las-Vegas shahri "T-Mobile Arena"da bo‘lib o‘tuvchi ushbu qarama-qarshilik haqida jahon tan olgan ekspert va muxlislar turli xil fikr bildirishmoqda. Biz ham an’anaga muvofiq O‘zbekiston boks olami vakillarining fikri bilan qiziqdik. 

Tecno

Quvonchbek Toyg‘onboev - murabbiy

- Ular ishtirokidagi 2 jang ham qiziqarli tarzda kechgan. Har ikkisining bir-biriga nisbatan katta ustunlik jihati yo‘q. Golovkinda bitta mag‘lubiyat va bir durang bor. Bu safar u juda kuchli ishtiyoq bilan jang qiladi va g‘alaba qozonishga harakat qiladi. O‘ylaymanki, bu safar Golovkin zafar quchadi.

Quvonch aka

G‘ayrat Ahmedov - sobiq bokschi

- Avvalo, barchasini Alloh bilguvchidir! Endi, meni fikrimga keladigan bo‘lsak, har ikkisi tajribali va professional boksda o‘z so‘zini ayta olgan. Agar, Golovkin 6-raundga qadar, nokaut qila olmasa, o‘zi nokautga uchrashi mumkin. 

G‘ayrat aka

Elshod Rasulov - murabbiy

- Golovkin hamda "Kanelo" bugungi kunda dunyoning eng kuchli bokschilari hisoblanadi. To‘g‘risi, menga ko‘proq "Kanelo"ning uslubi yoqadi. Kutilmagandagi aniq va tezkor zarbalar egasi sanaladi. Nazarimda "Kanelo"da imkoniyat yaxshiroq... 

Elshodbek

 Bobur Najmiddinov -murabbiy

- Bu juda ham printsipial jang bo‘ladi. Chunki, "Kanelo" so‘ngi jangida Bivolga mag‘lub bo‘ldi. Golovkinda esa, "Kanelo" bilan bog‘liq alamli mag‘lubiyat bor. Demoqchimanki, har ikkisida ham kuchli motivatsiya mavjud. To‘g‘ri, ko‘pchilik Golovkinni yoshi o‘tganligini gapirmoqda. Biroq, u oxirgi jangida yaponiyalik Olimpiada va jahon chempioni Riota Muratani o‘z uyida qanday mag‘lub etganligini barcha guvohiga aylandi. "Kanelo" ushbu jang borasida ko‘p xissiyotlarga berilmoqda va qaysidir ma’noda o‘ziga ortiqcha bosim yuklayapti. Men Golovkindan o‘zgacha jang kutyapman va unga muxlislik qilaman. O‘ylaymanki, Golovkin bu safar muvaffaqiyatga erishdi. 

Bobur najmiddinov

Fazliddin G‘oibnazarov - bokschi

- To‘g‘risi, bu jang borasida biror taxmin bildirish qiyin. Ringda har qanday voqelik bo‘lishi mumkin. "Kanelo" rosa mehnat qilyapti. Biroq, men Golovkinda imkoniyat yuqori, degan fikrdaman.

1607185817_ovsuzczkg8spf9knt_xf1qtzborddyce_medium

Hasanboy Do‘smatov -bokschi

- Juda qiziqarli va tomoshabop jang bo‘ladi. Ular o‘rtasidagi 2 ta bahs ham muxlislarni aslo zeriktirib qo‘ymagan. To‘g‘risi, Golovkinga muxlislik qilaman. Biroq, baribir Saul Alvaresda imkoniyat yaxshiroq. 

hasanboy_1

Mirzakamol Ne’matov - bokschi

- Bu jangda yosh o‘z so‘zini aytsa kerak. Ya’ni, Golovkinning yoshi biroz o‘tdi, deb o‘ylayman. Shuning uchun "Kanelo" ustun keladi, degan fikrdaman. Ammo, barchasi ringda hal bo‘ladi. 

Mirzakamol

Muhammadyusuf Najmiddinov -murabbiy

- Qiziqarli jangni guvohiga aylanamiz. Har ikkisi bor imkoniyatini ishga soladi. Golovkinning isbotlaydigan jihatlari bor. Biroq, yosh borasida biroz muammolar yuzaga kelishi mumkin. Shuning uchun, ochkolar hisobida "Kanelo" g‘alaba qozonsa kerak. Lekin GGG yaxshi jang ko‘rsatishiga ishonmoqdaman. 

muxam

Lazizbek Mullajonov -bokschi

- Yaxshi jang bo‘ladi. Bu jangdan muxlislar yutadi, deb o‘ylayman. Negadir, Golovkin "Kanelo" bilan cho‘chibroq harakat qilyapti. Albatta, GGGga muxlislik qilaman. Ammo, g‘alaba qozonish uchun "Kanelo"da imoniyat katta. 

laziz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
15/09/2022 12:12
Канело олдингидек енгади! Факат бу янада ишончлирок булиб бораверади.
&
Локо
14/09/2022 17:51
Гловкин ғалаба қозонади