
Garnacho jarohat oldi
APLning 27-turida "Manchester Yunayted" "Sautgempton"ga qarshi o‘ynadi va durang natija qayd etdi. Uchrashuvning 87-daqiqasida Garnacho Uolker-Pitters bilan to‘qnashdi. Ushbu holatda argentinalik jarohat olib, maydonni tark etdi.
O‘yindan keyin Garnacho "Old Trafford"ni qo‘ltiq tayoqda tark etgan.
MYu bosh murabbiyi Erik Ten Xag uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida mazkur jarohat jiddiy emasligini aytdi. Ammo hali Garnachoning qanchaga safga chiqqani aniq emas.
Eslatib o‘tamiz, "qizil iblislar"ni oldinda Evropa ligasining nimchorak final javob bahsi "Real Betis"ga qarshi to‘qnashuv kutmoqda.
Fikrlar