
Garbin Mugurusa rus go‘zalini taslim qildi
Ispaniyalik tennischi Garbin Mugurusa Monterrey shahrida o‘tayotgan turnirning uchinchi davrasida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
U mazkur bosqichda rossiyalik Margarita Gasparyanni uch setda 6:3, 6:7, 6:2 hisobida engib, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Endi "Abierto GNP Seguros" musobaqasining yarim finaliga chiqish uchun, Mugurusa frantsiyalik Kristina Mladenovichga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar