
Galiulin va Davlatov ishtirok etgan o‘yinda "Nefteximik" g‘alaba qozondi
Rossiya Milliy futbol ligasining 14-turida legionerlarimiz to‘p surayotgan “Nefteximik” jamoasi o‘z maydonida “Fakel”ni qabul qildi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Doimgidek, “Nefteximik” jamoasining sardori hamyurtimiz Vagiz Galiulin o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va 90-daqiqada o‘rnini jamoadoshiga bo‘shatib berdi. Yana bir legionerimiz – Bobir Davlatov esa 64-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va oradan uch daqiqa o‘tgach, mezbonlar uchinchi golni kiritishdi. Shuningdek, 23-daqiqada Galiulin hakam tomonidan sariq kartochka bilan “siylandi”.
Navbatdagi tur 13 oktyabrda o‘tkaziladi va unda "Nefteximik" safarda "Shinnik" bilan kuch sinashadi.
Fikrlar