G‘alaba kerak bo‘lsa, Husanovni o‘ynat!

  • 21 sentabr, 16:53
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining beshinchi turida markaziy uchrashuv sifatida “Arsenal” va “Manchester Siti” o‘yini e’tirof etilmoqda.

Tecno

Chempionlikka da’vogar ikki jamoaning o‘zaro to‘qnashuviga London shahridagi “Emireyts” arenasi mezbonlik qiladi. O‘zbekistonlik futbol ishqibozlarining aksariya bu bahsda manchesterliklarga muxlislik qiladi.

“Manchester Siti” faoliyatini yoribi kelayotgan cityxtra.co.uk “Arsenal”ga qarshi uchrashuvda qaysi futbolchilar boshlang‘ich tarkibdan joy olishi muhimligini tahlil qilib chiqdi.

Darvozabon:

“Manchester Siti”ning yangi o‘yinchilaridan Tijani Reynders yaqinda bergan intervyusida jamoaga oxirgi qo‘yshilgan darvozabonga “ Janluiji Donnarumma – haqiqiy gigant” degan edi. Italiyalik golkiper “Manchester Yunayted” va “Napoli”ga qarshi qiyin o‘yinlarda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Har ikki o‘yinda muhim seyvlarni ijro etgani uni “Arsenal” bilan bahsda ham darvozadan o‘rin olishini kafolatlaydi.

Himoyachilar:

Asli markaziy himoyachi bo‘lgan Abduqodir Husanov yangi pozitsiya – o‘ng qanot himoyasida o‘zini  juda yaxshi his qilmoqda. O‘zbek futbolchisi oxirgi ikki uchrashuvda “Manchester Siti”ning eng nozik va muammoli nuqtasida juda zo‘r o‘ynadi. Uning kuch-quvvati, tezkorligi va ishtiyoqi har ikki muhim uchrashuvda hal qiluvchi vositalardan bo‘ldi. Husanovning maydonda paydo bo‘lishi “Siti”ning g‘alabasini ta’minlaydigan omil hisoblanadi.

Ruben Diash muxlislar tomonidan ko‘p tanqid qilinayotganiga qaramay, “Manchester Siti” himoyasi markazida etakchilardan hisoblanadi. “Arsenal”ga qarshi bahsda ham u himoyaga etakchilik qilishi kutilyapti.

Yoshko Gvardiol – universal futbolchi. Biroq uning uchun eng mos pozitsiya himoya markazi. Jarohatidan qutilib, safga qaytganidan keyin bu pozitsiyani yanada kuchaytirdi.

“Shaharliklar” akajemiyasidan etishib chiqqan Niko O’Reyli chap qanot bo‘ylab ishonchli o‘ynay oladi. Shu bois, jarohatga yo‘liqqan Rayan Ayt-Nuri o‘rnini  aynan shu yosh futbolchi bosadi.

Yarim himoyachilar:

Tayanch zonani kim boshqaradi? “Oltin to‘p” sohibi Rodrimi yoki katta o‘sishga erishayotgan Niko Gonsalesmi? Agar Rodri uchrashuvni boshlashga tayyor holatda bo‘lsa, Gvardiola birinchi navbatda “Oltin to‘p” egasiga tayanadi. Biroq og‘ir jarohatdan keyin Rodrining salomatligi 90 daqiqa tinimsiz kurashishga dosh bermasligi mumkin. Zaxirada Niko doim shay holatda bo‘ladi.

Tijani Reynders harakatchanligi bilan jamoadoshlariga bo‘p hududlar ochib beradi. Niderlandiyalik futbolchi jamoaga kelishi bilan “shaharliklar”ning taktik quroliga aylandi. Bu gal ham u uchrashuvni ilk daqiqalardan boshlashi kerak.

Fil Foden o‘z darajasiga qaytmoqda. “Manchester Yunayted” va “Napoli”ga qarshi o‘yinlarda bu yarim himoyasi g‘alabaga eng katta hissa qo‘shganlardan bo‘ldi. Uning hozirgi sport formasidan “Arsenal”ga qarshi boshlang‘ich tarkibda bo‘lishi aniq.

Hujumchilar:

“Manchester Siti”ning hujum uchligidan an’anaviy ravishda Oskar Bobb, Erling Xoland va Jeremi Doku joy oladi.

Oskar Bobb individual duellarda raqibga doimiy xavf tug‘diradi. Xoland esa, har bir uchrashuvda o‘z vazifasini bajarib gol urib kelmoqda. Jeremi Doku jamoadoshlariga qulay vaziyatlar yaratishdan tashqari endi o‘zi ham raqib darvozasini ishg‘ol qilishni boshladi.

Taxminiy tarkib quyidagicha ko‘rinish oldi:

Donnarumma; Xusanov, Dias, Gvardiol, O’Reyli; Rodri, Reynders, Foden; Bobb, Doku, Xoland.  

“Arsenal” va “Manchester Siti” uchrashuvi 21 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 20:30 da boshlanadi.

Fayzullaev o‘tishi mumkin bo‘lgan 30 dan ortiq klub bor edi...

Husanov “Manchester Siti”ni o‘zgartirib yubordi...
Husanov klub afsonasi o‘rnini egalladi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!