Fyuri va Uaylder revansh jang sanasi ma’lum bo‘ldi
Britaniyalik bokschi Tayson Fyuri so‘zlariga ko‘ra, uning jamoasi amerikalik Deontey Uaylder bilan revansh jang borasida shartnoma imzolangan.
Bu kelishuvga ko‘ra, bokschilar 2020 yil 22 fevralida yana o‘zaro to‘qnash kelishadi. Ularning birinchi qarama-qarshiligi 2018 yil 1 dekabrda Los-Anjelesda bo‘lib o‘tib, tomonlarning kuchi teng kelgan edi va Uaylder og‘ir vazn toifasida WBC chempionlik kamarini o‘zida saqlab qolgan.
– Uaylder bilan revansh jang sanasi tasdiqlandi va shartnoma imzolandi. Jang kelasi yili 22 fevralda bo‘lib o‘tadi, – deya Fyurining so‘zlarini keltiradi Daily Mirror nashri.



Fikrlar