Futzal. O‘zbekiston kubogida finalchilar nomi ma’lum bo‘ldi

CHERY AUTO

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston kubogi yarim final bosqichi yakuniga etdi. Dastlabki yarim finalda "Paxtakor" va "Lokomotiv" jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Asosiy vaqtda 4:4 hisobi qayd etildi. Penaltilar seriyasida omad "sherlar"ga kulib boqdi - 6:5.

Tecno

Ikkinchi yarim final bahsida "Jizzax Kenteks" hamda BMB klublari final uchun kurash olib bordi. Unda nominal mezbonlar yirik 7:1 hisobida raqibdan ustun keldi.

Shu tariqa, "Jizzax Kenteks" jamoasi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Kubok uchun bahs "Paxtakor" va "Jizzax Kenteks" jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.  

kubbok

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!