Futbolchining bo‘yni sindi, endi u bir umr nogiron bo‘ladi
Xitoy futbolida ayanchli voqea yuz berdi. Milliy chempionatning ikkinchi divizionida “Guansi Pinggo” jamoasi sharafini himoya qilayotgan Samyuel Asamoa uchrashuv davomida og‘ir jarohat oldi.
L’Équipe nashrining yozishicha, tajribali futbolchi o‘yinda boshini reklama to‘sig‘iga urib oldi va bo‘shni sinib ketdi.
31 yoshli legioner “Guansi Pinggo” safiga 2025 yilning fevralida qo‘shilgan edi. Endi u bir umr nogiron bo‘lib qolishi aytilmoqda.
- Klub tibbiyot xizmati tomonidan shifoxonada o‘tkazilgan quruqlashtirilgan tekshiruvlar Samyuel Asamoada umurtqa bo‘yin qismi chiqib sinishi va umurtqa bloklanishi yuz bergan. Buning oqibatida uning tayanch harakat organlarida falajlik kelib chiqdi, - deyiladi klub bayonotida.
O‘z davrida Togo terma jamoasi uchun oltita o‘yin o‘tkazgan markaziya yarim himoyachi Xitoyga kelgunga qadar klublar miqyosida Qatar, Belgiya va Ruminiya chempionatlarida ham to‘p tepgan.



Fikrlar