
Futbolchilar noxush xabar eshitdi
A Seriyada etakchilik qilayotgan “Napoli” prezidenti Aurelio de Laurentis mavsumni yuqori darajada o‘tkazayotgan futbolchilarni rag‘batlantirish o‘rniga ularning maoshini teng yarmiga kesishga qaror qildi.
Xususan, jamoaning etakchi hujumchilaridan Dris Mertensning agentlari bu haqda ma’lum qildi. Ularning aytishicha, klub xo‘jayini Dris Martensning maoshini ellik foizga kamaytirmoqchi. Ayni paytda belgiyalik hujumchi yiliga 5 million evro olmoqda.
Aurelio de Laurentis endi tajribali to‘purarga 2,5 million to‘lashini aytmoqda.
Mertens joriy mavsumda 11 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasiga to‘rt marta yo‘l topa oldi.
Fikrlar