
Futbolchi katta maosh talab qilyapti
“Chelsi”ning asosiy himoyachisi Antonio Ryudiger yangi shartnoma bo‘yicha hozirgacha bo‘lgan takliflarning barchasini rad etdi. Germaniyalik futbolchi London klubida qolish uchun o‘zining yakuniy talablarini ilgari surmoqda.
The Athletic nashrining yozishicha, 28 yoshli futbolchi haftasiga 225 ming funt maosh berilishini so‘rayapti. Ayni paytda klub unga har hafta uchun 100 ming funt to‘layapti.
Klub rahbariyati o‘yinchining jamoa uchun ahamiyatini yuqori baholab, unga yangi kelishuv imzolansa, etti kunlik mehnatini 200 ming funt bilan to‘lashini taklif qilgan.
Garchi Evropaning bir necha klubi Antonio Ryudigerga og‘iz solayotgan bo‘lsa-da, ularning aksariyati futbolchi talab qilayotgan maoshni to‘lay olmaydi.
Fikrlar