Futbol afsonasi “Barselona”ning “aybi”ni ochib tashladi

  • 15 fevral, 11:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliya terma jamoasining afsonaviy hujumchisi Ronaldo o‘z davrida “Barselona”da o‘ynagan va 1997 yili kataloniyaliklar safini tark etishga majbur bo‘lganini tan oldi.

Tecno

- “Barselona” menejmentida azaldan muammolar bor edi. Menga ham shunaqa yashirin zarba berishgan. Men bu shaharni yaxshi ko‘rardim.

Rivaldo, Ronaldino va Neymar ham klubdan yaxshilik bilan ketmagan.

“Barselona” muvaffaqiyatli buyuk tarixini braziliyalik futbolchilar yordamida yaratgan, lekin munosabatlarning buzilishi ortidan ularning bu jamoadagi faoliyati juda yomon yakunlangan, - dedi Ronaldo.

Ronaldo professional faoliyati davomida “Kruzeyro”, PSV, “Barselona”, “Inter”, “Real”, “Milan” va “Korintians”da o‘ynab, klublar miqyosida 735 ta uchashuvda 512 ta gol urgan.

Ayni paytda Ronaldo Ispaniyaning “Valyadolid” klubi egasi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!