"Fulxem" APLda "Nyukasl"ning antirekordini takrorladi

  • 3 aprel, 2019, 17:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor kecha “Fulxem” safarda “Uotford”ga (4:1) imkoniyatni boy berdi va APL bilan rasman xayrlashdi.

Tecno

Londonliklar yozgi transferlar davrida tarkibni kuchaytirish uchun naq 112 mln evro sarflashgan edi. Ammo, bu ham yakunda ularni premer-ligada olib qololmadi.

E’tiborlisi, “Fulxem” mavsumlar oralig‘ida eng ko‘p mablag‘ sarflab, APLdan tushib ketish bo‘yicha antirekord o‘rnatishdi.

Ta’kidlash kerakki, bu boradagi avvalgi antirekord “Nyukasl”ga tegishli edi. “Qarg‘alar” 2015/16 yilgi mavsumda transferlar uchun 108 mln evro sarflab, yakunda Chempionshipga ravona bo‘lishgan edi.

Quyida katta xarajat qilib, APLdagi o‘rnini saqlab qola olmagan boshqa jamoalar bilan ham tanishib olishingiz mumkin:

- 17/18 "Vest Bromvich" 52 mln evro;

- 12/13 "KPR", 46 mln evro;

- 13/14 "Kardiff", 42 mln evro;

- 16/17 "Midlsbro", 40 mln evro;

- 18/19 "Xaddersfild Taun", 38 mln evro;

- 10/11 "Birmingem", 26 mln evro.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!