
"Freestyle Chess-2025". Dastlabki finalchi nomi ma’lum
Germaniyaning Vaysenxaus shahrida "Freestyle Chess-2025" turniri o‘zining qizg‘in pallasiga kirib bormoqda.
Bugun yarim final javob o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Vinsent Keymer Karsenni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi. Uning finaldagi raqibi Sindarov - Karauna bahsi g‘olibi bo‘ladi.
Javohir Sindarov bu safar ham Fabiu Karauna bilan durang o‘ynadi va tay-brekka murojaat qilindi. Hozircha tay-brekning birinchi bellashuvi ham durang bilan yakunlandi.
Fikrlar