Frantsiyalik futbolchilar La Ligani "yondirdi"

  • 23 may, 2022, 15:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real"ning frantsiyalik hujumchisi Karim Benzema Ispaniya chempionatining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.

Tecno

U 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, 27 gol (7 tasi penaltidan) urishga erishdi. Ikkinchi o‘rinda 17 ta gol uning braziliyalik jamoadoshi Vinisius Junior egalladi. “Selta” hujumchisi Iago Aspas va “Espanol” hujumchisi Raul de Tomas hisobida  ham17 ta gol bor.

Chempionatning eng yaxshi assistenti “Barselona”ning frantsiyalik hujumchisi Usmon Dembele bo‘ldi. U joriy mavsum 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Bu borada Benzema ikkinchi bo‘ldi. Uning hisobida 12 ta assist bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!