Frantsiyalik futbol yulduzi Lamin Yamal haqida o‘z fikrini bildirdi

  • 22 iyul, 2024, 09:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Erik Kantona "Barselona"ning 17 yoshli vingeri Lamin Yamalning o‘yini haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Tecno

“Menga Ispaniyaning o‘yin uslubi yoqadi va Yamal kabi o‘yinchilar borligi yaxshi, chunki u nima qilishini hech qachon bilmaysiz. U doimo hammani hayratda qoldiradi. U ajoyib tasavvurga, ajoyib texnikaga ega va to‘g‘ri qarorlar qabul qiladi. Menga bu yoqadi. Ba’zida o‘yinni faqat bir futbolchi uchun tomosha qilaman.

"Manchester Yunayted"da hammasi yaxshi, zo‘r futbolchilar bor. Ammo Yamal bilan raqobatlasha oladigan hech kim yo‘q”, - dedi frantsiyalik futbol yulduzi.

Eslatib o‘tamiz, Yamal 2024 yilgi Evropa chempionatining ettita o‘yinida qatnashib, bitta gol va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi. 17 yoshli futbolchi turnirning eng yaxshi yosh futbolchisi sovrinini ham qo‘lga kiritdi.

O‘tgan mavsumida vinger “Barselona” safija barcha musobaqalarda 50 ta o‘yinda qatnashib, 7 ta gol va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar tuzilgan. Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 120 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!