Frantsiyaga 8:0 hisobida yutqazgan Qozog‘iston Tojikistonni kichik hisobda engdi. Superligamizdagi legionerlar esa...

  • 16 noyabr, 2021, 21:35
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda Frantsiyadan qaqshatgich mag‘lubiyatni qabul qilib olgan Qozog‘iston terma jamoasi bugun “Astana-Arena” stadionida Tojikistonga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etdi.

Tecno

Ushbu o‘yin taqdirini 12-daqiqada Baxtiyor Zaynutdinov tomonidan kiritilgan yagona gol hal qildi va shu tariqa Qozog‘iston g‘alaba qozondi – 1:0.

“Andijon” klubi sharafini himoya qilayotgan Vladislav Vasilev mezbonlar tarkibida o‘yinni to‘liq o‘tkazdi. Shuningdek, Tojikiston terma jamoasi safida “Bunyodkor” a’zosi – Davron Ergashev va “Navbahor” vakili – Ehsoni Panshanbe ham asosiy tarkibda maydonga tushishdi. 84-daqiqa o‘tib borayotganda Panshanbega hakam tomonidan sariq kartochka ko‘rsatildi.

Qozog‘iston: Igor Shatskiy, Yuriy Logvinenko, Sergey Maliy, Alibek Qosim, Islombek Kuat (Bauirjan Baytana, 60), Asxat Tagibergen, Vladislav Vasilev, Sultonbek Astanov (Erkin Tapalov, 71), Aslan Darabaev (Abat Aymbetov, 71), Baxtiyor Zaynutdinov (Aleksandr Marochkin, 90), Aleksey Щyotkin.

Tojikiston: Shoxruh Qirgizboev, Nuriddin Davronov, Zoir Jo‘raboev, Davronjon Ergashev, Sheriddin Boboev (Shaxrom Samiev, 60),  Parvizjon Umarboev (Tabrezi Davlatmir, 80), Amirbek Jo‘raboev, Muhammadjon Rahimov (Jahongir Ergashev, 80), Alisher Jalilov, Exsoni Panshanbe, Manuchexr Jalilov (Shervoni Mabatshoev, 80).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!