
Frantsiya chempionatining yana bir uchrashuvi muxlislarsiz o‘tkaziladi
Frantsiya chempionatining 29-turidan o‘rin olgan "Lion" - "Reyms" uchrashuvi muxlislarsiz o‘tkaziladi. Bu haqda lionliklar rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Ushbu o‘yin 13 mart kuni "Lyumer" stadionida Toshkent vaqti bilan soat 00:45 da boshlanadi.
Ushbu qaror Frantsiya hukumatining koronavirusga qarshi kurash to‘g‘risidagi tavsiyasiga ko‘ra qabul qilingan.
“Lion” rahbariyati hozirda muxlislarga chiptani qanday qaytarish yo‘lini izlamoqda.
Fikrlar