Franko Mastantuono: "Hozircha Lamin Yamal mendan ustun"
"Real Madrid" futbolchisi Franko Mastantuono Lamin Yamalning bu paytda o‘zidan kuchliroq ekanini ochiq tan oldi.
Undan qo‘yidagi savol so‘raldi:
— Franko Mastantuonomi yoki Lamin Yamal?
— Men bu haqda avval ham aytganman. Menga taqqoslashlar yoqmaydi, lekin Lamin kabi raqobatdosh o‘yinchilarning bo‘lishi, “Barselona”, Ispaniya terma jamoasi kabi kuchli raqiblarning mavjudligi — bularning barchasi insonni yanada yaxshilanishga undaydi. Umid qilamanki, bu holat yana ko‘p yillar davom etadi.
— Hozir kim yaxshiroq?
— Bugungi kunda Lamin. U ajoyib saviyani namoyish qilyapti, bu darajani allaqachon isbotlagan va hozir ham juda yaxshi sport formada. Men esa endigina “Real”ga keldim, hali moslashish jarayonidaman. Umid qilamanki, bu jarayon tezroq kechadi va men Evropa ritmiga, “Madrid” ritmiga moslasha olaman. Bu erdagi tarixim uzoq bo‘lishini, so‘nggi o‘yindagi kabi ta’sirli bellashuvlar ko‘p bo‘lishini istayman, — argentinalik yosh iste’dod egasi.



Fikrlar