Flikning “Barsa” futbolchisi bilan munosabati buzildi

  • 17 fevral, 13:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ning germaniyalik  bosh murabbiyi Xans-Diter Flikning ish uslubi jamoada hamma o‘yinchiga ham ma’qul kelayotgani yo‘q.

Tecno

 Diario AS nashrining yozishicha, tajribali mutaxassisning jamoa darvozaboni Inyaki Penya bilan munosabati yaxshi emas.

Bu muammo Penya asosiy tarkibdagi joyini yo‘qotganidan keyin kelib chiqdi. Darvozabon bosh murabbiydan nega uni zaxiraga mixlab qo‘yganini so‘ragan edi. Futbolchining bu munosabati Flikka yoqmadi.

Manbaning ta’kidlashicha, bu muammo hali barham topgani yo‘q, balki aloqa avvalgidan ham yomonlashgan.

25 yoshli Penya joriy mavsumda jami 22 ta uchrashuvda ishtirok etib, oltita bahsda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Flik keyingi paytda darvozani tajribali Voytsex Shchesniga ishonib topshiryapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!