
Flik: "Tanaffusdan keyingi ko‘rsatgan o‘yinimizdan xursandman"
Xabaringiz bor, Ispaniya La Ligasining 29-turidan o‘rin olgan uchrashuvda Xans-Diter Flik boshchiligidagi "Barselona" "Jirona" bilan kuch sinashib, 4:1 hisobida muvaffaqiyatga erishdi. Uchrashuv yakunlangach jamoa bosh murabbiyi o‘yin va bir necha futbolchilar haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Biz 3 ochko oldik va bu — eng muhimi. Menga eng yoqqan jihat — tanaffusdan keyin ko‘rsatgan energiyamiz.
Bu jamoa uchun Levandovski juda muhimdir. U gol uradi va mavsumda asosiy rol o‘ynamoqda. Men shuningdek, Ferran Torres va uning golidan ham juda xursandman.
O‘tkazib yuborilgan goldan so‘ng shubha paydo bo‘lishi normal. "Jirona" to‘pni ushlab tura oladigan yaxshi jamoadir. Zaxiradan futbolchilarni tushirdik, chunki bizda juda charchagan o‘yinchilar bor edi. Hozirgi vaziyatda bu tabiiydir" - deya ta’rif berib o‘tdi germaniyalik mutaxassis.
Ma’lumot o‘rnida, "ko‘k-anorranglilar" navbatdagi uchrashuvini 5 martdan 6 martga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan 00:00 da "Betis"ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar