Flik jamoaga tajribali futbolchi olib kelmoqchi

  • 27 fevral, 16:44
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik himoya chizig‘ini kuchaytirmoqchi. Bu haqda Diario Sport xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, germaniyalik mutaxassis "Barselona" sport direktori Dekuga murojaat qilib, himoyaning ikkala qanotida ham o‘ynay oladigan eng yaxshi himoyachisi bilan shartnoma imzolashni so‘ragan. Ta’kidlanishicha, Kataloniya klubi Flikning iltimosini bajarish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qiladi.

Ma’lumot uchun, "Barselona" La Liganing 25-turidan keyin 54 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. 2 mart kuni Flik shogirdlari "Real Sosedad"ni qabul qiladi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!