Flik: Har doim hakamlarni ayblaymiz va bahona izlaymiz

  • 22 fevral, 20:19
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Ispaniyadagi hakamlar haqida fikr bildirdi. 

— "Hakamlar bo‘lishi juda muhim. Ispaniyada ularga qanday munosabatda bo‘lishlari aqlga sig‘maydi. Bu menga yoqmaydi. Biz oilamiz haqida o‘ylashimiz kerak. Futbolchi va murabbiylar ularni himoya qilishmiz lozim. Hakamlarga qarshi bosimni yoqtirmayman. 

 Bizda VAR bor va bunga ishonishimiz lozim. Bir narsani tushunishimiz kerak. Ular ham inson va xato qilishi mumkin. Federatsiya bu borada o‘z pozitsiyasini bildirishi kerak. Bu juda muhim. 

— Biz har doim bahona izlaymiz. Mag‘lub bo‘lsak, hakamlarni ayblaymiz. Bu to‘g‘ri emas. Hakamlarni himoya qilish kerak. Sababi, ularsiz o‘ynay olmaymiz. G‘alaba qozonish uchun esa yaxshiroq o‘ynash talab etiladi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!