
Flik Fatining mashg‘ulotlardagi harakatlaridan mamnun
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik La Liganing 31-turidan o‘rin olgan "Leganes" - "Barselona" bellashuvi oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Bosh murabbiy jurnalistlarning mazkur bahsda Ansu Fatining maydonga tushishi haqidagi savoliga shunday javob berdi:
- Bu haqda hozir aniq bir narsa ayta olmayman. Ansu o‘yinni asosiy tarkibda boshlashi yoki zaxiradan qachon tushishi noma’lum. Faqat shuni ta’kidlay olamanki, u hozirda juda yuqori darajada mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda. Biz undan aynan shuni kutayotgan edik, - dedi germaniyalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, Fati 2025 yilda faqatgina 2 ta bellashuvda zaxiradan maydonga tushdi.
Fikrlar