
Flik: "Bizda finalga chiqish imkoniyati bor"
Xans-Diter Flik "Barselona"ning "Inter"ga qarshi o‘yini oldidan raqib jamoaning darajasini baholadi.
- "Inter" - juda kuchli raqib. Evropadagi eng mustahkam himoyalardan biriga ega. Ularning yarim himoyachilari juda mahoratli va hujumchilari kuchli. Bu murakkab o‘yin bo‘ladi va biz bunga puxta tayyorlanishimiz lozim.
Finalda "Real" ustidan erishilgan g‘alaba juda hayajonli bo‘ldi, biroq hozir biz diqqatimizni jamlaganmiz. Bizda Chempionlar Ligasi finaliga chiqish imkoniyati bor, bu mavsumning eng nufuzli turniri hisoblanadi.
Bu erga etib kelish - orzu. Biz nima qilishimiz kerakligini va nimani takomillashtira olishimizni anglash uchun yig‘ilish o‘tkazdik. Har ikkala uchrashuvda ham qo‘limizdan kelgan barcha harakatlarni amalga oshirishimiz shart, - dedi "Barselona" bosh murabbiyi.
Ma’lumot uchun, 30 aprel kuni jamoalar Chempionlar ligasi yarim finalining dastlabki uchrashuvini Ispaniyada o‘tkazadilar. Yaqinda "Barselona" Ispaniya kubogi finalida "Real"ni mag‘lub etgan edi (3:2).
Fikrlar