Flik “Barsa”ni nemis jamoasiga aylantirmoqchi

  • 8 oktabr, 2024, 06:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” yozgi transferlar vaqtida hujum chizig‘ini kuchaytirishni reja qilgan va hozirdan jamoaga mos tushadigan o‘yinchi topib qo‘ydi.

Tecno

Sport.es saytining ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar “Bavariya”ning 28 yoshli hujumkor futbolchisi Leroy Saneni nishonga oldi.

Manbaning ma’lum qilishicha, “Barselona” ikki mavsumdan beri Saneni o‘z safiga qo‘shib olishga urinmoqda. Biroq myunxenliklar o‘z o‘yinchisi transferi uchun katta mablag‘ talab qilayotgani kataloniyaliklarning rejasini chippakka chiqarmoqda.

Sanening shartnomasi yozda yakuniga etadi. Agar germaniyalik futbolchi “Bavariya” bilan kelishuvini yangilamasa, “Barselona”ning bu transferni amalga oshirish imkoniyati oshadi.

Leroy Sane “Shalke” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. “Bavariya”ga kelishidan avval to‘rt yil “Manchester Siti” sharafini himoya qilgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!