Flik “Barsa” uchun asosiy transfer nishonini tanladi
Angliya Premer-ligasida “Kristal Pelas” klubi sharafini himoya qilib kelayotgan markaziy himoyachisi Mark Gexi Evropaning bir necha grand klublarining e’tiborini o‘ziga qaratgan.
Xususan, 25 yoshli futbolchi Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” transferlar ro‘yxatiga ham kiritilgan. Bu haqda Cadena SER xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar Gexi atrofidagi vaziyatini diqqat bilan kuzatmoqda, biroq futbolchini qo‘lga kiritishda hali ham “Liverpul” favorit hisoblanadi.
Shu bilan birga, “Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Mark Gexini 2026 yil uchun ustuvor transfer nishoni, deb hisoblashi ta’kidlagan. Germaniyalik mutaxassis klub sport direktori Dekudan Gexini olib berishni so‘rayapti.
“Kristal Pelas” sardori bu mavsum barcha turnirlarda 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari bitta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining “burgutlar” bilan amaldagi shartnomasi shu yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.



Fikrlar