
Finalda gol urgan Ronaldu mutlaq rekord o‘rnatdi!
Italiya Superkubogi final uchrashuvida "Yuventus" - "Napoli" ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Bellashuvdagi dastlabki gol 64-daqiqada turinliklar yulduzi Krishtianu Ronaldu tomonidan kiritildi. Ushbu aniq zarba orqali 5 karra "Oltin to‘p" sohibi o‘z faoliyatidagi rasmiy o‘yinlarda urilgan gollari sonini 760 taga etkazib oldi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Ronaldu chexiyalik Yozef Bitser (759) tomonidan o‘rnatilgan rekordni yangiladi.
Avvalroq, portugaliyalik futbolchi dekabr oyida afsonaviy Peleni ortda qoldirgandi. Italiya Superkubogi Ronaldu uchun klub miqyosidagi 31-titul sifatida tarixga kirdi.
Fikrlar