FIFA "Paxtakor" va Stinvorden o‘rtasidagi muammo bo‘yicha qaror qildi

  • 25 iyun, 2024, 18:16
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 2023 yilgi mavsumda niderlandiyalik markaziy himoyachi Metyu Stinvorden "Paxtakor" safida harakat qildi. 31 yoshli futbolchi mavsum yakunida jamoani tark etdi. 

Tecno

Bizdagi xabarlarga ko‘ra, "sherlar"ning Stinvorden oldida qarzi bor va futbolchi klubni sudga bergan. Ya’ni, "Paxtakor" Stinvordenning kontraktida bergilangan bonus pullarini to‘lab bermagan. FIFAning futbolchi va klublar o‘rtasidagi nizolarni qilish bo‘limi mazkur holat bo‘yicha Toshkent klubiga vaqt bergan. Agar belgilangan vaqtda pullar to‘lab berilmasa, ish jiddiylashishi mumkin.

Ma’lumot uchun, niderlandiyalik futbolchi ayni damda Malayziyaning "Trenganu" jamoasida o‘ynamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
26/06/2024 11:06
Н...й керак савиясиз легонерлар.Карз,карз,яна карз.Лекин кимлар учундир пул ювиш воситаси бу.Хитойга ухшаб текшириб,15-20 йил камок еки улим жазоси тайинласа,бундай ишлар булмайди.