FIFA "Navbahor"ga qo‘yilgan transfer taqiqini olib tashladi

  • 25 iyul, 13:55
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozgi transfer oynasida yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun "Navbahor" uch bosqichda ish olib borishi lozimligi ta’kidlangandi. 

Tecno

Kecha — 24 iyul kuni FIFA "Navbahor" klubiga nisbatan belgilangan transfer taqiqini olib tashladi. Mazkur taqiq Giorgi Nikabadze o‘z maoshini vaqtida olmagani ortidan qo‘yilgandi. Ma’lum bo‘lishicha, klub bu borada o‘z majburiyatini to‘liq bajargan. Bu borada O‘zPFL matbuot xizmati xabar bermoqda.

Endilikda "Navbahor" o‘zbekistonlik futbolchilar oldidagi majburiyatlarini ado etishga kirishgan. Liga ayni vaqtda mazkur masala qanday davom etayotganiga oydinlik kiritmoqda. Klub va futbolchilar o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, Namangan klubi shu yilning 1 iyul sanasiga qadar qarzdorlikni yopishi lozim edi. Mazkur sana viloyat hokimi tomonidan berilgan kafolat xatida ko‘rsatib o‘tilgan. 

Shuningdek, Ligaga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat kiritgan sobiq murabbiy va boshqa mahalliy futbolchilar oldidagi majburiyatlar ham hal qilinishi lozim.  

Ma’lumot uchun, 30 iyul kuni O‘zbekistonda yozgi transfer oynasi yopiladi, - deyiladi rasmiy xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!