FIFA "Lokomotiv"ga 900 ming evro tovon puli to‘lashi mumkin

  • 3 iyul, 2019, 10:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Moskvaning "Lokomotiv" klubi forvardi Jefferson Farfan Amerika kubogida ishtirok etayotgan Peru terma jamoasi safida jarohat oldi. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra u endi kamida yarim yil maydonga qayta olmaydi.

Tecno

FIFAning terma jamoa safida jarohat olgan futbolchilar uchun belgilangan dasturida agar shunday holat kuzatilsa va futbolchi yarim yil davolanishiga to‘g‘ri kelsa, tashkilot ushbu futbolchi to‘p suradigan klubga ma’lum miqdorda tovon puli to‘laydi.

“Temiryo‘lchilar” matbuot xizmati boshlig‘i Kirill Breydoning aytishicha futbolchisini yarim yilga yo‘qotgani uchun FIFA “Lokomotiv”ga 900 ming evro tovon pulib berishi mumkin.

Ta’kidlash kerakki, Farvan bugun Barselonada chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va shundan so‘ng bu borada yakuniy tashhis ma’lum qilinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!