FIFA ayollar futbolida ham klublar o‘rtasida jahon chempionatini tashkil qilmoqchi
FIFA prezidenti Janni Infantino ayollar futbolida ham klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini tashkil etish kerakligini aytdi. U bu haqda Budapeshtda bo‘lib o‘tgan Xalqaro sport nashrlari (AIPS) assotsiatsiyasining kongressida gapirib o‘tdi.
Infantino o‘z nutqida futbolda ham jinslar tengligini (gender tengligi) yo‘lga qo‘yishni va buning uchun ayollar futbolini ham rivojlantirib, zudlik bilan ayollar o‘rtasida klublar jahon chempionatini tashkil etish lozimligini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati hozircha faqat erkaklar o‘rtasida o‘tkazilmoqda. Uning amaldagi g‘olibi esa "Liverpul" klubi hisoblanadi.



Fikrlar