FIA "Formula 1" 2026 avtomobil modelini taqdim etdi (Foto)

  • 7 iyun, 2024, 22:58
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Avto/Moto
BEPUL PROPAN

Avtomobillarning g‘ildirak bazasi 3600 dan 3400 mm gacha, kengligi 2000 dan 1900 mm gacha, bolidning og‘irligi 30 kilogramga, minimal vazni esa 768 kg gacha, tortishish kuchi 55 foizga kamayadi.

2022 yilda taqdim etilgan 18 dyuymli g‘ildiraklar qoladi, lekin old g‘ildiraklar kengligi 25 mm, orqa g‘ildiraklar esa 30 mm ga ingichkalashadi.

2026 yilda DRS harakatlanuvchi old va orqa qanotli yangi faol aerodinamika tizimi bilan almashtiriladi, bu esa burilish tezligini oshirishga olib keladi. Old qanot 100 mm torayadi va g‘ildirak qanotlari yo‘qoladi.

Bundan tashqari, avtomobillar avval xabar qilinganidek, butunlay ekologik yoqilg‘ida ishlaydi. Gibrid komponentning ulushi 50 foizgacha oshadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!