FFC (Falko Fighting Championship) turnirida ikki nafar o‘zbekistonlik jangchi g‘alaba qozondi

  • 13 dekabr, 2020, 18:09
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Ayni daqiqalarda Qirg‘izistonning Osh shahrida MMA turniri bo‘lib o‘tmoqda. FFC (Falko Fighting Championship) promousheni tomonidan tashkillashtirilayotgan mazkur jang kechasida bir nechta o‘zbekistonlik jangchilar ham o‘z janglarini o‘tkazishmoqda. 

Tecno

Javlon_2

Hozirga qadar bo‘lgan janglarda o‘zbekistonlik ikki jangchi Javlonbek To‘xtaboev mezbonlar vakili Eldor Abdurashit Uuluni birinchi raunddayoq mag‘lub etdi. Shuningdek, Jamol Mutalibov ham birinchi raundda zafar quchdi.  

Yana bir nechta o‘zbekistonlik sportchilar oktagonga ko‘tarilishi kutilmoqda. Natijalardan xabardor bo‘lish uchun bizni kuzatishda davom eting!

Jamol_2

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!