Fevzi Davletov: "U o‘zining fenomenal futbolini namoyish qilyapti"

  • 22 aprel, 10:02
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 6-turidan o‘rin olgan "Surxon" - "Navbahor" o‘rtasidagi bahsda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Fevzi Davletov o‘yindan keyingi matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga javob berdi

Tecno

O‘yin haqida

- Menimcha, biz juda yaxshi o‘yin o‘tkazdik. Ikki jamoa ham yaxshi futbol namoyish qildi va g‘alaba uchun o‘ynadi. Ammo biz bu g‘alabaga munosib edik. Ta’kidlash kerakki, birinchi taym ajoyib o‘tdi. Shunchaki, biz yaratgan vaziyatlarda gol urishimz kerak edi. Ikkinchi taymda esa o‘yin oxirigacha shiddatli bo‘ldi. Biz penaltini ura olmadik, ammo o‘yindan gol ura oldik. Kirill Kolesnichenko o‘z xatosini to‘g‘riladi va chiroyli gol urdi. O‘yinchilarimni munosib g‘alaba bilan tabriklayman. Stadionga ko‘p muxlislar keldi va biz ularni xursand qilishimiz kerak edi.

- Fevzi Rizaevich, g‘alaba bilan tabriklaymiz. Musobaqa davomida jamoa tobora kuchayib borayotganini kuzatyapmiz. Nega shunday bo‘lyaptiki, “Surxon” o‘zining eng yaxshi o‘yinini mavsum boshidanoq ko‘rsatmayapti?

- Mavsum boshida tarkib bo‘yicha muammolarimiz bor edi. Yoshlar terma jamoasida o‘ynagan futbolchilar formaga tushmagan edi. Muhammad-Ali Abdurahmonov tayyorgarlik davridan so‘ng o‘z o‘yinini topa olmayotgandi. Hozir u o‘zining fenomenal futbolini namoyish qilyapti. Menimcha, biz uchun tahlil qilishga sabablar bor. Qilingan xatolarimiz ham yo‘q emas. Mavsum boshidagi omadsiz start jamoani biroz sinidirdi. Lekin hozir jamoamiz yaxshiroq o‘ynayapti. Menimcha, bu g‘alabalar bizga katta ishonch beradi.

- Ko‘rinib turibdiki, jamoa raqibni to‘liq mag‘lub etdi. O‘zgarishlarga qarab, sizning “B rejangiz”ni ko‘rdik, desak bo‘ladi-mi?

- Birinchi taymda juda ko‘p kuch sarfladik. Bizning rejamiz — tez gol urish va yaratilgan imkoniyatlardan foydalanish edi. Keyin esa hisobga qarab o‘ynash kerak edi, chunki “Navbahor” javob zarbasini tez berishi mumkin edi. Ikkinchi taymda esa futbolchilar charchaganligi uchun bir necha almashinuvlarni amalga oshirdik. Zaxiradan maydonga tushganlar esa o‘yinni kuchaytirishi kerak edi.

- Kolesnichenko penaltidan gol ura olmaganda, sizda qanday his-tuyg‘ular bo‘ldi?

- Keyingi safar Evdokim penaltini tepadi (kuladi).

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!