
Feruza Kazakova raqibasiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi
Ayni paytda Tailandning Chiang May shahrida kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
6-kun doirasida, 52 kg da Feruza Kazakova Mo‘g‘iliston vakilasi Mungunsaran Balsanga qarshi ringga ko‘tarildi. Faol tarzda harakat qilgan hamyurtimiz 1-raundni o‘z foydasiga hal qildi. Ikkinchi raundda ham ustunlik Kazakova tarafida bo‘ldi va so‘nggi raund ham yuqoridagilar kabi stsenariy ostida kechdi. Yakunda yurtdoshimiz haqli tarzda g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi.
Eslatib o‘tamiz, oldinda bizni yana bir bokschimiz Nigina O‘ktamova va tojikistonlik Mijgona Samadova to‘qnashuvi kutib turibdi.
Fikrlar