Fermin Lopes tarixga kirdi

  • 22 oktabr, 19:48
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" yarim himoyachisi Fermin Lopes Chempionlar ligasida kataloniyaliklar safida xet-trik qayd etgan birinchi ispan futbolchisiga aylandi.

Tecno

Gap shundaki, 22 yoshli futbolchi kecha tunda Chempionlar ligasi doirasida Gretsiyaning "Olimpiakos" jamoasiga qarshi kechgan bahsda 3 ta gol urdi va jamoasining g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi. Ushbu natijadan so‘ng yarim himoyachi "Barselona" safida EChLda xet-trik qayd etgan birinchi ispaniyalik futbolchiga aylandi. Bundan tashqari, 2016 yilgi mavsumda Lukas Peresdan so‘ng Chempionlar ligasida bir o‘yinda uchta gol urgan ilk ispan futbolchisi bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Fermin joriy mavsum "ko‘k-anorranglilar" safida umumiy 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!