Fergyuson Maurino bilan ishlaydi

  • 20 iyun, 2020, 17:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Tottenxem” bosh murabbiyi Joze Mourino o‘z shogirdlari qatorida “Vest Bromvich” markaziy himoyachisi Natan Fergyusonni ko‘rmoqchi.

Tecno

19 yoshli futbolchisi Chempionshipda muvaffaqiyatli o‘yinlari bilan grand klublar e’tiborini qozondi. U 21ta uchrashuvda maydonga tushib, himoyaviy majburiyatlarini uddalashdan tashqari, bittadan gol va samarali pas muallifi ham bo‘ldi.

Himoya chizig‘ining istalgan nuqtasida to‘p sura oladigan Fergyusonning “Vest Bromvich” bilan shartnomasi yoz oxirida yakunlanadi. Bu futbolchiga “Arsenal” ham og‘iz solmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!