
Felish sobiq jamoasiga qaytishi mumkin
Portugaliyaning "Benfika" klubi o‘z tarbiyalanuvchisi Joau Felish bilan shartnoma tuzishni rejalashtirmoqda. Bu haqda "Record" nashri xabar bermoqda.
Felish 2019 yilda "Benfika"ni tark etib, deyarli 130 million evro evaziga "Atletiko Madrid"ga o‘tgan edi. Biroq, uning keyingi faoliyati kutilganidek bo‘lmadi. Hozirda Felishning transfer huquqlari "Chelsi"ga tegishli, o‘zi esa "Milan" safida to‘p tepmoqda.
"Benfika" iyun oyiga yaqin rasmiy taklif kiritishi kutilmoqda. Portugaliya klubi klublar o‘rtasidagi jahon chempionati oldidan hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida mazkur transferni amalga oshirmoqchi.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda 25 yoshli portugaliyalik 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar