
Felish Premer-liganing boshqa bir klubiga qo‘chib o‘tishi mumkin
"Chelsi"da ijarada o‘ynayotgan Joau Felishning kelajagi hamon noaniqligicha qolmoqda. Agar vingerni London klubi sotib olmasa, u yozda "Atletiko"ga qaytadi. Ammo portugal qolishni istamoqda.
Ushbu transfer "aristokratlar"ga qimmatga tushadi. Shu sababli, jamoa Felishning xaridini amalga oshira olmaslik ehtimoli yuqori. Bundan tashqari, "Chelsi" qishda ko‘plab futbolchilarni sotib oldi.
"Mundo Deportivo" nashri xabar berishicha, Joauga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda. "Qizil iblislar" uni qishda ham ijaraga olmoqchi edi, lekin yakunda London jamoasi futbolchi uchun kurashda yutib chiqdi. Manchesterliklar yana Felish variantiga qaytgan.
Fikrlar