Fayzullaev O‘runov duch kelgan muammolarga uchramaydi

  • 4 noyabr, 2023, 16:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbek futboli doim iqtidorlarga boy bo‘lgan. Hozir Rossiya Premer-ligasida hammaning e’tibori TsSKA futbolchisi Abbosbek Fayzullaevga qaratilgan. Bundan uch yil muqaddam muxisu mutaxassislar diqqat-markazida Oston O‘runov bo‘lgandi.

Tecno

Rossiya futbolini yoritib kelayotgan manbalardan biri https://metaratings.ru sayti Abbosbek Fayzullaevning birinchi murabbiyi Dmitriy An bilan suhbatda “Spartak”da o‘ynagan Oston O‘runov masalasini ham esga oldi.

image_2023-09-17_11-04-46

– Abbosbek Fayzullaev hali o‘zining cho‘qqisiga etmadi va salohiyati juda yuqori degan fikrimga, TsSKA muxlislarining aksariyati qo‘shilsa, kerak...

– Agar u keyinchalik ham mashg‘ulotlarga jiddiy e’tibor qaratsa, murabbiylar ko‘rsatmalarini bajarishda davom etsa, hammasini to‘g‘ri tushunib harakat qilsa, tabiiyki, mahorati oshib boraveradi. Hozirgi darajasi haqiqatan ham Abbosbek uchun chegara emas.

– Bir necha yil avval, Rossiya Premer-ligasida Oston O‘runov o‘ynagan edi. “Spartak”ga ko‘chib o‘tgunicha hamma ishlari joyida, barchaning e’tiborida bo‘lgandi, lekin keyinchalik ishonchni oqlay olmadi. Ko‘pchilikning fikricha, katta maosh va Moskvadek shahar uning boshini aylantirib qo‘ydi. Nima deb o‘ylaysiz, Abbosbek Fayzullaev ham shu kabi muammolarga duch kelmaydimi?

– Oston ham “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi va men uni qariyb 8 yoshidan beri yaxshi bilaman. Siz ta’riflagan voqealar Fayzullaevga to‘g‘ri kelmaydi. Abbos har dim futbolni birinchi o‘ringa qo‘yib kelgan.

Fayzullaev doim sipo kiyinadi, hech qachon telefonlarning oxirgi markalari ortidan quvmaydi va ularni sotib olganlarga hasad ham qilmaydi.

fayzullaev-tsska

Eslatib o‘tamiz, Abbosbek Fayzullaev TsSKA tarkibiga avgust oyi boshida “Paxtakor”dan transfer qilindi. Futbolchini tarbiyalagan Toshkent klubi bu transferdan 500 ming evro ishlab oldi.

20 yoshli futbolchi qisqa fursatda Rossiya Premer-ligasida o‘zini ko‘rsata boshladi. Hozircha. Abbos chempionatda sakkizta o‘yinda bitta gol va ikkita assist muallifi bo‘ldi. Har bir uchrashuvda jamoasining hujumini tashkil qilishda faollik ko‘rsatayotgan hamyurtimiz shu kunga qadar to‘rtta individual sovrinni qo‘lga kiritdi.

O‘zbek futbolining keyingi yillardagi eng iste’dodli futbolchilaridan biri Oston O‘runov ham aynan Abbosning yoshida Rossiyaga yo‘l olgan edi.

O‘runov 2020-2022 yillar davomida Premer-ligada “Ufa”, “Spartak” va “Ural” jamoalari sharafini himoya qildi. Legioner sifatida jami 49 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga bittadan gol va assist yozdirib qo‘ygan.

Hozir Oston O‘runov “Navbahor” etakchisi hisoblanadi. U joriy mavsumda O‘zbekiston chempionati, mamlakat kubogi va Osiyo Chempionlar ligasida o‘ttizta o‘yin o‘tkazib, raqiblar darvozasini 12 marta ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga to‘rtta golli pas uzatdi.

bo0227

Bu O‘runov faoliyatidagi eng sermahsul mavsum bo‘lmoqda.   

Fayzullaev, qo‘rqmay bosaver!

Legionerlarimiz chempion “Ordabasi”da qoladimi?

Fayzullaev uchun qiyinchiliklar endi boshlanadi!

Shomurodov qani?

Ana xolos: Fayzullaev tez orada TsSKAdan ketishi mumkin...

Fayzullaev TsSKA engilmas raqibni qanday yutganini sirini aytdi

"Barsa"da o‘ynagan futbolchi Fayzullaevga baho berdi

Shomurodovning ishlari yaxshi tomonga o‘zgardi

Raneri muhim o‘yin oldidan Shomurodovning ahvoli haqida ma’lumot berdi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!