Fayzullaev: "Men uchun bu medal juda muhim"

  • 26 may, 18:32
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Abbosbek Fayzullaev TsSKA klubi safida Rossiya Premer-ligasi bronza medali sohibiga aylandi. Legionerimiz Moskva klubi bilan erishgan natijasi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Tecno

"Mavsumning ikkinchi yarmida biz yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. Mag‘lubiyatsiz o‘tgan bu davr medalga munosib bo‘lganimizni isbotlaydi.

Men uchun bu medal juda muhim, ayniqsa o‘tgan mavsum biz uchun omadsiz yakunlangani inobatga olsak. Oldinda bizni yana bir muhim o‘yin kutmoqda, hozirgi bor diqqatimiz aynan o‘sha uchrashuvga qaratilgan", – dedi Fayzullaev.

1 iyun kuni TsSKA "Rostov"ga qarshi Rossiya Kubogi Superfinalida maydonga tushadi. Moskva klubi Rossiya chempionatini 59 ochko to‘plab, 3-pag‘onada yakunladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!