Fayzullaev Husanov ortidan qaysi futbolchi “Manchester Siti”ga bora olishini aytdi!

  • 31 may, 10:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Abduqodir Husanov ayni paytda nafaqat O‘zbekiston, balki qo‘shni mamlakatlar va hatto MDH davlatlarida ham eng taniqli futbolchilardan biriga aylanib ulgurdi.

Tecno

Tabiiyki, bu o‘zbek futbolchisini qishki transferlar vaqtida Frantsiyaning “Lans” klubidan “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tgani sabab. Xosep Gvardiola boshqaruvidagi “shaharliklar” butun dunyo bo‘ylab millionlab muxlislarga ega jamoa hisoblanadi.

Garchi bu transfer boshida kutilmagandek tuyulgan bo‘lsa-da, Abduqodir Husanov eng murakkab turnir – Angliya Premer-ligasida ham o‘ynay olishini ko‘rsatdi.

Fevral oyida jamoasining eng zo‘r futbolchisi sifatida e’tirof etilgan legionerimizning keyinchalik maydonga tushirilmagani uning o‘yin darajasi bilan bog‘liq emasligi, klub frantsiyaliklarga qo‘shicha bonuslar to‘lamaslik uchun Husanovni zaxirada olib o‘tirgani oshkor bo‘ldi.

Rossiya futbolini yoritib kelayotgan sport24.ru sayti vakillari TsSKA futbolchisi Abbosbek Fayzullaevdan rossiyalik futbolchlardan qay biri Abduqodir Husanovning ortidan bora olishini so‘radi.

-  Rossiyalik futbolchilardan qay biri “Manchester Siti”ga yo‘l olgan Abduqodirning yo‘lini takrorlashi mumkin? Matvey Kislyak. U mavsumning ikkinchi qismini juda yaxshi o‘tkazdi. Kislyakda Evropa klublariga o‘tish uchun juda yaxshi sifatlar mujassam.

Shaxsan men Matveyni Evropaning har qanday top-klubida ko‘rishni istayman, - dedi Abbosbek Fayzullaev.

Markaziy yarim himoyachi pozitsiyasida harakat qiladigan 19 yoshli Matvey Kislyak TsSKA tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Iste’dodli futbolchi bir yarim mavsumdan beri “armiyachilar”ning asosiy jamoasida to‘p tepib kelmoqda.

Bu mavsum Kislyak Premer-liga va mamlakat kubogi bahslarida jami 32 ta uchrashuvda ishtirok etib, to‘rtta gol va bitta assist muallifi bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Abbosbek Fayzullaev 2023 yilning avgustida “Paxtakor”dan TsSKAga ko‘chib o‘tganidan beri moskvaliklar safida barcha turnirlarda 70 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga 8 ta gol va 22 ta assist rasmiylashtirgan.

Rossiya Premer-ligasini uchinchi o‘rinda yakunlagan TsSKA  ayni paytda mavsumning eng muhim uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rmoqda. “Armiyachilar” 1 iyun kuni Rossiya kubogining Superfinalida “Rostov” jamoasi bilan raqobatlashadi.

Agar bu bellashuvda poytaxtliklar g‘olib chiqsa, Abbosbek Fayzullaev TsSKA bilan ilk nufuzli sovrinini qo‘lga kiritadi.

Superfinaldan keyin 21 yoshli hujumkor futbolchimiz Birlashgan Arab Amirliklariga yo‘l olib, O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 2026 yilgi jahon chempionati saralash turnirining oxirgi ikki o‘yiniga tayyorgarlik ko‘radi.

Fayzullaev “yangi” jamoada!

Husanov eng badavlat klublardan birida o‘ynaydi...
Husanov, yaxshi bor! “Manchester Siti” 12 nafar futbolchisini kuzatdi

Bunaqasi bo‘lmagan: Husanov, Shomurodov va Fayzullaev haqida!

Shomurodov jamoasini mashhur murabbiy boshqarishga rozi bo‘ldi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Асманов Асман
01/06/2025 21:47
Чичвордилар, савияларинга koтaгим, битта темани 3 кун айлантиравериб