
Fati qachon safga qaytishi ma’lum
"Barselona" klubi hujumchisi Ansu Fati "Rayo Valekano"ga qarshi o‘yinda jarohati sababli ishtirok eta olmagan edi.
"AS" nashrining ma’lum bo‘lishicha, uning jarohati u qadar jiddiy emas. Ansuning tiklanish jarayoni 7-10 kun davom etishi aytilmoqda.
Qayd etish joiz, 18 yoshli futbolchi tizzasidagi shikastlanish sababli, 322 kun maydonga tusha olmagandi.
Ispaniyalik vinger bu mavsum "ko‘k-anorranglilar" libosida jami 6 ta uchrashuv o‘tkazib, 2 ta gol va 1 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar