Fanatlar talabi: Husanovni “Barsa”ga olib keling!
O‘zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov “Manchester Siti” safida yangi mavsumni yuqori darajada boshladi.
21 yoshli legionerimiz Xosep Gvardiola o‘yin sxemasining muhim bo‘lagiga aylanib bormoqda. Abduqodir universal himoyachi sifatida mudofaa chizig‘ining istalgan nuqtasida o‘ynay oladi. Ayni paytda hamyurtimiz “Siti”ning eng og‘riqli nuqtasi – himoyaning o‘ng qanotini yopib turibdi.
“Manchester Siti” fanatlari Husanovning jamoa uchun ahamiyatini ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilyapti. Sports.uz portali dunyo bo‘ylab yoyilgan muxlislarning Abduqodir haqidagi fikr-mulohazalarini o‘quvchilar e’tiboriga havola qiladi.
Tym Fly's:
Abduqodir Ake va Stounzni qo‘shib hisoblaganda ham ulardan ancha kuchli.
Joan Perry:
Abduqodir, sen zo‘r yigitsan. Husanov klubimizning eng katta aktiviga aylanib bormoqda.
Noor Mostafa:
Husanov “Manchester Siti”dagi kuchli, kamsuqum, ishonchli va eng mehnatkash futbolchi.
Mike Friday:
Husanov yordamida klub yana dunyodagi mavqeini tiklaydi.
Ismael Alsodani:
Husanov mag‘lubiyatni qabul qilmaydigan “Yo‘lbars”.
Mohamad Hisham Hamid:
Kuchli, baquvvat, tezkor va doim tabassum qiladi.
Queen Marrisa:
Husanov har doim ilk daqiqadan o‘ynashi kerak.
Gîl Ìãñ Êñrïqûè:
Husanov, O'Reyli, Dias, Gvardiol va Donnarumma bor ekan, biz sovrinlar uchun kurasha olamiz.
Freeman Mapfumo:
Bu yigitga vaqt bering, u himoya markazida ham, o‘ng qanotda ham o‘ynash uchun etarli kuch-quvvatga ega.
Wellington Newsorghum:
Husanov himoyada xotirjam, lekin o‘zida kuch-quvvat, shiddat, temp va tezlikni birlashtirgan Monstr.
Thato Tido:
Husanov o‘ng qanot himoyachisi sifatida Kayl Uoker o‘rnini bosdi.
Gabriel Kalonga:
Nunesh va Lyuisni qo‘shganda ham Husanov ulardan kuchli.
Flexi Bi:
Husanovni “Barsa”ga olib kelib, uzoq muddatli loyihaga jalb qilish zarur. Bizga uning tezkorligi, kuch-quvvati kerak.
Rene Daniels:
Husanovni hujumga qo‘ysa ham, bemalol o‘ynab ketsa kerak.
John Stafford:
“Siti” ajoyib topilmasi, bunaqasi kamdan kam bo‘ladi.
Dave Esekon:
Husanov “Siti” fanatlari qalbini zabt etdi.
“Qoya”, “Jangchi” yoki “Afsungar”: Husanovning Angliyada yana qanday laqablari bor?
Husanov qachon maydonga qaytishining aniq sanasi e’lon qilindi!
Fanatlar Husanovdan mo‘’jiza kutyapti!
“Siti” Husanovsiz o‘ynashni o‘rganishi kerak
Endi Husanov ham, Xoland ham o‘ynamaydi!
Husanov – eng katta yo‘qotish!
Bizga Husanov etishmadi! “Siti” fanatlari Husanov haqida yana nimalar deyapti?
Turkiyani “yondirayotgan” Shomurodovni Italiyada qo‘msab qolishdi!
Husanov va Xolandning yo‘li ayrilishi mumkin...



Fikrlar