
Falkao yana Ispaniyaga qaytishi mumkin
"Monako" forvardi Radamel Falkao faoliyatini "Valensiya"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 33 yoshli kolumbiyalik futbolchi “Galatasaroy”ga kutilayotgan transferi barbod bo‘lgach aynan “ko‘rshapalaklar”ning taklifiga qiziqish bildira boshlagan. Ta’kidlash kerakki, “Valensiya” Falkaoni jamoadan ketishi kutilayotgan Rodrigo Moreno o‘rniga munosib ko‘rmoqda.
Ma’lumot uchun, Falkao uchun La Liga begona emas. Boisi, u 2011-2013 yillarda “Atletiko” Madrid safida to‘p surgan.
Fikrlar