FAKT! "Lokomotiv"ga qarshi oxirgi 5 o‘yinda "Nasaf" bir marta g‘alaba qozongan xolos

  • 26 noyabr, 2021, 12:57
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga-2021 bahslari ham o‘z nihoyasiga etib bormoqda. O‘tgan yillarga qaraganda joriy mavsum ancha shiddatli bahsalrga boy bo‘ldi. Chempionlikdan tashqari qolgan sovrinli o‘rinlar so‘ngi turda aniqlanadigan bo‘ldi. «Nasaf» Superliganing so‘ngi turida Toshkentning grand jamolaridan biri «Lokomotiv»ni qabul qiladi. O‘zingizga "ajdarlar" sovrinli o‘rinlar uchun kurashmoqda.

Tecno

Qarshiliklar matbuot xizmati jamolarning o‘zaro uchrashuvlari haqida statistik ma’lumotlarni taqdim etdi.

Ushbu jamoalar O‘zbekiston chempionatida shu kungacha 33 bor kuch sinashishgan. Ustunlik «ajdarlar» tomonida. Bo‘lib o‘tgan 15 o‘yinda "Nasaf", 12 bellashuvda esa «temiryo‘lchilar» zafar quchgan. 6 uchrashuvda esa durang natija qayd etilgan. To‘plar farqi - 44-35ga teng.

O‘zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yuqori hisoblar: «Nasaf» – «Lokomotiv» 5:1, «Lokomotiv» – «Nasaf» 5:2.

Jamoalar so‘nggi o‘zaro uchrashuvni 2021 yili 30 iyul kuni Toshkentda o‘tkazgan. Bu bahsda «temiryo‘lchilar» 2:0 hisobida zafar quchishgan.
E’tiboringizga, jamoalar ishtirokidagi so‘nggi besh o‘yinning natijalarini havola qilamiz:

30.07.2021 Lokomotiv — Nasaf 2:0
03.12.2020 Nasaf — Lokomotiv 0:0
27.08.2020 Lokomotiv — Nasaf 0:4
17.08.2019 Lokomotiv — Nasaf 1:0
26.05.2019 Nasaf — Lokomotiv 0:1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
26/11/2021 13:27
2 ta Fudbol uynaydigan kamandalarni uyinni kurarkanmizda.