FAKT! "Dinamo" Samarqanddagi "Paxtakor"ga qarshi 23 o‘yinning 4 tasida g‘alaba qozongan xolos
Superliganing 22-turida "Paxtakor" Samarqandda "Dinamo" mehmoni bo‘ladi. Bellashuvdan avval "Paxtakor" matbuot xizmati uchrashuvga oid ma’lumotlarni taqdim etdi.
"Sherlar" chempionatda oltin medallar masalasini hal qilishga ulgurgan bo‘lsa, samarqandliklar ayni paytda yuqori ligada qolish uchun kurash olib borishmoqda. Har bir bahs "Dinamo" uchun juda katta ahamiyat kasb etadi.
Chempionatlar tarixida jamoalar 47 uchrashuvda to‘qnash kelishgan. Unda "Paxtakor" 36 g‘alaba, 5 durang va 6 mag‘lubiyatni qayd etgan. Raqib darvozasiga 94 to‘p kiritilib, 23 gol o‘tkazib yuborilgan. Samarqandda o‘tgan o‘yinlarda poytaxtliklar 14 g‘alaba, 5 durang va 4 mag‘lubiyatga egalar.
Mezbonlardan Jasur O‘runov va Qadamboy Nurmetov diskvalifikatsiya sababli bellashuvni o‘tkazib yuborishadi. "Paxtakor"da bunday yo‘qotishlar mavjud emas. Terma jamoalarga chaqirilgan futbolchilar 16 oktyabrdan klub ixtiyoriga qaytib, mashg‘ulotlarga qo‘shilishdi.
"Dinamo" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi 22-tur bahsi Samarqanddagi "Dinamo" stadionida 19 oktyabr, shanba kuni soat 16:30da boshlanadi.



Fikrlar